Nyu-York sobiq meri Maykl Blumbergning fondi iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini amalga oshirish uchun 14 million dollar taqdim etishga tayyor. Ushbu summa AQSh mazkur dasturda qatnashgan taqdirda to‘lashi lozim bo‘lgan badalga teng, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz Amerika kelishuvdan chiqmaganda nimaiki qilishi lozim bo‘lsa, barchasini amalga oshirishga tayyormiz”, — dedi BMTning iqlim bo‘yicha elchisi bo‘lgan Blumberg.
Milliarderning aytishicha, xususiy mablag‘larni qabul qilish haqidagi iltimos bilan xalqaro tashkilotga amerikalik faollar guruhi murojaat etish niyatida. Unga AQShdagi 30 shahar meri, 3 gubernatori, 80 dan ortiq universitet va 100 dan oshiq kompaniya rahbarlari kirgan.
Gap, jumladan, Atlanta va Los-Anjeles merlari haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 1-iyun, payshanba kuni uning mamlakati Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishini e’lon qildi.
Izoh (0)