• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimidan chiqdi. Nimaga? Bu shunchalik muhimmi?

    1-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp u rahbarlik qilayotgan mamlakat iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimidan amalda chiqqanini e’lon qilib, saylovoldi va’dalaridan birini bajardi (shunchaki ma’lumot uchun — O‘zbekiston mazkur bitimga 2017-yilning 19-aprel kuni qo‘shilgan edi). Trampning ma’lum qilishicha, global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash talablari millionlab ish o‘rinlari va milliardlab dollarlarning yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Trampning bu qarori boshqa mamlakatlar tomonidan tanqid qilindi, deya xabar bermoqda Meduza.

    Tramp iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimidan chiqishni e’lon qilayotgan vaqtda Oq uy oldiga yig‘ilgan namoyishchilar. Foto: Meduza

    Tramp iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimidan chiqishni e’lon qilayotgan vaqtda Oq uy oldiga yig‘ilgan namoyishchilar. Foto: Meduza

    1-iyun kuni kunduzi Tramp Oq uy bog‘ida chiqish qilib, Parij bitimi nima uchun AQShga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirdi. Prezidentning ta’kidlashicha, uning uchun amerikaliklar haqida qayg‘urish boshqa hamma narsadan ham muhimroqdir. Global harorat ko‘tarilishini rad etmagani holda, Tramp yangi cheklovlar 2025-yilga qadar AQShda 2,7 million ish o‘rnini qisqartirishi, 2040-yilga borib mamlakat iqtisodiyoti uch trillion dollargacha zarar ko‘rishi haqidagi raqamlarni keltirdi. Amerika yetakchisi Parij bitimi doirasida 13 yillik imtiyozli muddatga ega bo‘lgan Xitoyni ham esdan chiqargani yo‘q. Qayd etish joiz, The New York Times gazetasi Tramp keltirgan raqamlar ba’zi savollarga sabab bo‘layotgani haqida maxsus maqola chiqarib ulgurdi.

    AQSh — atmosferani global iqlim o‘zgarishining katalizatori hisoblangan karbonat angidrid gazi bilan “ifloslantirish bo‘yicha chempion”. Hozirda zaharli moddalarni atmosferaga chiqarish bo‘yicha Xitoy yetakchi bo‘lsa-da, umumiy hisob-kitoblar bo‘yicha aynan AQSh atmosferani issiqxona gazi bilan “to‘yintirish”da eng ko‘p “ishtirok etgan”. Ba’zilarning fikricha, aynan shu sababli ham Qo‘shma Shtatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yuqori darajada mas’uliyat his qiladi: iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash jamg‘armasiga Amerika 3 milliard dollar kiritishga va’da bergan — bu barcha davlatlar orasida eng katta ko‘rsatkich.

    The U.S. is the biggest carbon polluter in history. https://t.co/HXITSoo3Dd pic.twitter.com/FOZew8hB0X

    — Hannah Fairfield (@hfairfield) June 1, 2017

    Amerika kompaniyalari, shaharlari va hatto shtatlari ham Trampning qaroriga qarshi chiqdi. “Biz AQSh bitimda qolganida bajarishi lozim bo‘lgan barcha ishlarni qilamiz”, — dedi Nyu-Yorkning sobiq meri, siyosiy arboblar va biznesmenlar uyushmasiga bosh bo‘lgan Maykl Blumberg. Bu uyushmaga Vashington, Nyu-York va Vashington shtati gubernatorlari, shuningdek, 30 shaharning merlari (ular orasida Los-Anjeles, Atlanta, Pitsburg va Solt-Leyk-Siti ham bor) qo‘shildi. SpaceX rahbari Ilon Mask esa, avval va’da berganidek, Tramp o‘z qarorini e’lon qilishi bilan prezident huzuridagi kengashni tark etdi. Atmosferaga zararli moddalarni chiqarishni qisqartirishni Mars, Hewlett-Packard va o‘nlab boshqa kompaniyalar, xususan, avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham qo‘llab-quvvatlamoqchi — avtozavodlar o‘z mahsulotlari sotiladigan bozorlarni yo‘qotmaslik uchun ham xalqaro standartlarga rioya etishi shart.

    AQShning asosiy hamkorlari Trampning qarorini tanqid ostiga oldi. Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron Twitter’dagi sahifasida: “Sayyorani yana buyuk qilamiz” deb yozilgan posterni chiqardi (bu — Trampning “Amerikani yana buyuk qilamiz” degan shioriga kinoya). U, Germaniya kansleri Angela Merkel va Italiya bosh vaziri Paolo Jentiloni bilan birga, Parij bitimi shartlari takroriy muhokama qilinishi mumkin emasligini bildirdi. Merkel esa AQShning qarori “Yerni himoya qilish bo‘yicha bizning jur’atimizni to‘xtatib qola olmas”ligini qo‘shimcha qildi.

    02.06.2017, 21:01   Izoh (0)   13954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: Adam Osmayevga suiqasdni Ramzan Qodirovning shaxsiy killeri amalga oshirgan

    02.06.2017, 18:25

    IShID Filippin poytaxtidagi Resorts World Manila mehmonxonasida uyushtirilgan otishma uchun javobgarlikni zimmasiga oldi

    02.06.2017, 17:51

    Vladimir Putin: Snouden sotqin emas, biroq uning barcha harakatlarini ham ma’qullab bo‘lmaydi

    02.06.2017, 16:43

    BMT bosh kotibi AQShning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishidan hafsalasi pir bo‘ldi

    02.06.2017, 16:31

    Kiyevda Putinga suiqasd uyushtirishda ayblanayotgan Adam Osmayevning o‘ziga suiqasd uyushtirildi

    02.06.2017, 15:36

    Alisher Usmonov Navalniyning o‘ziga tegishli nashrlarda senzura joriy etgani haqidagi da’vosini rad etdi

    02.06.2017, 14:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.