O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov harakat qiladigan “Shanxay SIPG” Osiyo Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma oldi.
1/8 finalda shanxayliklar Xitoyning boshqa bir klubi “Jiangsu Suning” bilan to‘qnash kelib qolgandi. Tomonlarning Shanxayda kechgan birinchi o‘yinida Odil Ahmedov gol urib, jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlab bergandi. Javob o‘yinida ham Andre Villash-Boash boshchilik qilayotgan klub zafar quchdi — 3:2.
Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final. Javob o‘yini 31-may, chorshanba
“Jiangsu Suning” — “Shanxay SIPG” 2:3
Gollar: Elkeson, 34 (0:1). Yang Ksiaotian, 43-avt (0:2). Xon Chon Xo, 75 (1:2). Vu Shi, 90 (2:2). Xalk, 90+4 (2:3).Chorak finalchilar
“Al-Ahli” (Saudiya)“Al-Hilol” (Saudiya)“Al-Ayn” (BAA)“Persepolis” (Eron)“Guanchjou Evergrand” (Xitoy)“Shanxay SIPG” (Xitoy)“Kavasaki Frontale” (Yaponiya)“Urava Red” (Yaponiya)
Izoh (0)