Niger cho‘llarida 44 muhojirning tanasi topildi. Ular orasida bolalar ham bor, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aytilishicha, tanalar Agades mintaqasida topilgan. Aftidan, muhojirlar Liviyaga yetib bora olmay, cho‘lda halok bo‘lgan. Liviya orqali ular Yevropaga borib olishga umid qilgan.
“Ayni paytda cho‘lda halok bo‘lgan muhojirlar soni 44 kishini tashkil qiladi”, — dedi Agades shahri meri Rissa Feltu.
Voqea joyida Qizil xoch va Qizil yarim oy xodimlari ishlamoqda.
Izoh (0)