Shimoliy Koreya bilan shunchaki muloqot uchun muloqot qilish mamlakatning yadroviy dasturi bilan bog‘liq muammoning hal qilinishiga olib kelmaydi, buning uchun rasmiy Pxenyanga bosim o‘tkazish talab etiladi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan o‘tkazgan telefon muloqot chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Telefon suhbati 29-may kuni KXDR tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi raketa sinovi munosabati bilan tashkil etildi.
Shimoliy Koreyaning provokatsiyalarini to‘xtatish lozimligi borasida tomonlarning fikri bir yerdan chiqdi. Bundan tashqari, mazkur masalada BMT va AQSh ishtirokida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Izoh (0)