“O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” shtati 6 562 elektromontyorga va 4 255 tabiiy gaz realizatsiyasi va hisob-kitobi nazoratchisiga qisqaradi. Bu 29-may kuni imzolangan “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda nazarda tutilgan, deb xabar beradi Uz24.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” nazoratchilar faoliyatini yaxshi tekshirmaydi, buning natijasida iste’molchilar orasida qarzdorlik ko‘payib bormoqda.
Aytilishicha, 2016-yilda hamda 2017-yil boshidan buyon “O‘zbekenergo”, “O‘ztransgaz”, shuningdek, sud departamentining 700 ishchisi faoliyatida qonunni buzishi va intizomga rioya qilmagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Izoh (0)