Oq Uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Maykl Dubke iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda, ABC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 47 yoshli Dubke 18-may kuni arizasini yozgan, ammo AQSh prezidenti Donald Trampning birinchi xorijiy safari tugaguniga qadar vazifasini bajarishda davom etishga qaror qilgan.
Oq Uy apparatidagi kommunikatsiyalar bo‘yicha direktor AQSh ma’muriyatining butun ommaviy axborot-targ‘ibot siyosatini nazorat qiladi. 2015-yil aprelidan 2017-yil 20-yanvariga qadar ushbu lavozimda Jen Psaki ishlagan edi. Tramp qasamyodga keltirilganidan so‘ng uning o‘rnini Shon Spayser egalladi. Spayser ayni paytda Oq Uy matbuot kotibi sifatida ham ishlab kelayotgan edi.
Crossroads Media kompaniyasi asoschisi Dubke Tramp tomonidan ushbu lavozimga 6-martda tayinlangan edi.
Izoh (0)