Odamlar guruchni 9400 yil muqaddam eka boshlagan. Buni Xitoy janubidagi Chjetszyan provinsiyasida o‘tkazilgan qazilma ishlari ko‘rsatdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qadimiy manzilgohdan inson tomonidan undirilgan eng qadimiy guruch qoldiqlari topildi. Topilma haqida axborot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.
Ilgari arxeologlar ushbu hududdan turli qadimiy artefaktlar topgan edi. Endi u yerdan sholi boshoqlari hamda ko‘p miqdorda fitolitlar aniqlandi. Fitolitlar — kremniy zarralari bo‘lib, ulardan ayrim o‘simliklar o‘zini himoya qilish maqsadida foydalanadi. Deyarli barcha fitolitlar bukilgan bo‘lib, bu aynan xonakilashtirilgan guruchga xos xususiyatdir.
Guruchning yoshi fitolitlar tahlili hamda boshqa topilmalarga qiyoslash natijasida aniqlandi.
Hozircha bu guruch ekila boshlagani haqidagi eng qadimiy guvohlikdir.
Izoh (0)