Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy biznesmen, bir necha muddatdan beri u bilan tortishayotgan Alisher Usmonovdan qo‘rqmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u YouTube’dagi kanalida joylashtirilgan yangi videorolikda aytdi.
Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, uni sotib olish yoki qo‘rqitishning imkoni yo‘q. Shuningdek, u videobahs olib borish qiyin emasligini ta’kidlab o‘tdi.
26-may kuni Usmonov sudga Navalniyning ayblovlari asossizligini dalillaydigan faktlar taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, siyosatchi Aleksey Navalniy Usmonovni nohalol yo‘llar bilan boyishda ayblab chiqqanidan so‘ng milliarder ikkita murojaatda unga qarshi o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi. Uning videomurojaatlari internetda mashhur bo‘lib, ko‘plab memlar va parodiyalarni keltirib chiqardi.
Milliarder “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining videomurojaatlari mavzusida tanlov e’lon qildi.
Izoh (0)