O‘zbekiston Prezidentining 22-maydagi PP–2987-sonli qarori bilan “O‘zbekistonda past haroratli saqlash kameralarini joriy qilish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi rivojini qo‘llab-quvvatlash” loyihasining amalga oshirilish tartibi belgilandi. Akt Prezident matbuot xizmati saytida joylashtirildi, deb xabar beradi Norma.
Loyihani Janubiy Koreya hukumati moliyalashtiradi va unga 3,5 million dollar ajratadi.
Loyiha quyidagilarni ko‘zda tutadi:
maxsus muzlatish uskunalari, materiallari va transport vositalarini yetkazish, shuningdek, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroinnovatsiya davlat unitar korxonasi hududida 1000 tonnalik muzlatish kameralarining qurilishi va ekspluatatsiyasi;
tilga olingan davlat korxonasi tomonidan meva-sabzavot mahsulotining saqlanishi, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari, poytaxtdagi dehqon va fermer xo‘jaliklariga meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishi;
o‘zbekistonlik mutaxassislarga ilg‘or tajribani o‘rganishda ko‘mak berish, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislariga meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha zamonaviy texnologik uskunalardan foydalanishni o‘rgatish.
Loyiha doirasida:
Shimoliy Koreya hukumati granti hisobidan xarid qilingan tovarlar va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan, QQS, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan;
Yetkaziladigan transport vositalari — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan;
O‘zbekistondagi loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan Janubiy Koreya fuqarolari — jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Izoh (0)