Toshkent viloyati “Olmaliq haqiqati” gazetasida faoliyat yurituvchi jurnalist Lobar Jalilovaning homilasi shifokorlarning e’tiborsizligi bois nobud bo‘ldi. Bu haqda, “Hurriyat” nashriga tayanib, “1news.uz” xabar bermoqda.
Uchinchi farzandiga homilador bo‘lgan ayol Olmaliqdagi oilaviy poliklinikada yuragini kardiogramma qildirgan va shifokorlar unga hammasi joyida ekanini aytgan. Ammo oradan uch kun o‘tib u o‘zini yomon his qila boshlagan, unga yordam ko‘rsatish esa paysalga solingan.
Jurnalist ayolning yozishicha, davlat poliklinikasida UZI uskunasi bo‘lishiga qaramay, uni pulli xizmat ko‘rsatuvchi xususiy klinikaga yuborishgan. Keyin esa u shifokorlar yozib bergan dorini qidirib, Olmaliqdan Toshkentga borib kelishga majbur bo‘lgan. Oxir-oqibat u 16 haftalik homilasidan ayrilgan.
“Olmaliq shahridagi shifokorlarga nima bo‘lyapti o‘zi? Ular qachon xalqni rozi qilish, bemorlarga vijdonan xizmat ko‘rsatishni o‘rganishadi? Ularga shunday ishlash uchun nima xalal beryapti — mas’uliyatsizlikmi, o‘zibo‘larchilikmi yoki insofsizlik?!” — deb yozadi boshiga musibat tushgan jurnalist ayol.
Izoh (0)