Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In “yangi turdagi” raketaga qarshi mudofaa tizimi sinov otish mashqlarida qatnashdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Mamlakat yetakchisi harbiy rahbariyatni maqtadi va o‘tgan yil bilan taqqoslaganda obyektni aniqlash, uni yo‘q qilish, nishonga urish foizi oshganligini ta’kidladi.
U, shuningdek, yangi tizimni u butun mamlakatni o‘rmon kabi qoplashi uchun maksimal miqdorda ishlab chiqarishga ko‘rsatma berdi.
Milliy mudofaa akademiyasi tomonidan tashkil etilgan otish mashqlari yangi raketaga qarshi mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazishi kerak edi. Jumladan, sinov vazifalariga dushman raketasi va uchuvchisiz uchar qurilmalarini aniqlash va yo‘q qilish ham kiritilgan.