Xitoyda dunyodagi eng yirik suzib yuruvchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi va mahalliy elektr tarmog‘iga ulandi, deb yozadi “Reired.ru”.
Anxoy provinsiyasining Xuaynan shahri yaqinida joylashgan yangi suzuvchi elektr stansiyasi 40 megavatt quvvatga ega bo‘lib, u Sungrow Power Supply Co. kompaniyasi muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan.
O‘tgan yili 20 megavattli quyosh elektr stansiyasi suvga tushirilgan edi, ammo Xitoy yaqin yillarda bunday konstruksiyalar sonini faol tarzda o‘stirmoqchi.
Suzib yuruvchi elektr stansiyalari noyob dizayni va yer maydoni ajratilishini talab qilmasligi tufayli tobora ommalashib bormoqda. Bundan tashqari, bunday stansiyalar suv bug‘lanishini sekinlashtiradi, bu esa ekologiya uchun foydali.
2020-yilgacha Xitoy quyosh elektr stansiyalaridan olinadigan energiya miqdorini umumiy iste’mol qilinadigan energiyaning 20 foizigacha yetkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)