“Al-Qoida” shoxobchalaridan biri — Liviyadagi “Ansor ash-Sharia” guruhi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vashington o‘z vaqtida ushbu guruh zimmasiga 2012-yili Bengazi shahrida amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni yuklagandi. Mazkur terakt oqibatida AQShning Liviyadagi elchisi Kristofer Stivens o‘ldirilgandi.
O‘z qarorini katta talofatlar va rahbariyatning yo‘q qilinishi bilan izohlagan “Ansor ash-Sharia” BMT Xavfsizlik kengashi va AQSh tomonidan terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgandi.
Izoh (0)