Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma’lum qilishicha, mamlakatdagi terrorchilik tahdidi darajasi “eng xavfli”dan “jiddiy”gacha pasaytirildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: BBC News

Foto: BBC News

Mazkur qaror Manchesterdagi terakt bo‘yicha olib borilayotgan tergovning muvaffaqiyatli davom etayotgani munosabati bilan qabul qilingan — terrorchilik tahdidi darajasi aynan Manchesterdagi teraktdan so‘ng oshirilgan edi. Meyning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda mazkur ish bo‘yicha 11 nafar gumonlanuvchi hibsga olingan.

“Jamiyat buning nima anglatishini bilmog‘i lozim: ‘jiddiy’ degani terrorchilik xuruji ehtimoli yuqori ekanini bildiradi. Mamlakat hushyor va ogoh bo‘lmog‘i zarur”, — dedi bosh vazir.

Manchester shahrida xonanda Ariana Grandening konserti yakuniga yetishi bilan yuz bergan portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, bir necha o‘nlab odam tan jarohati oldi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, portlash 22 yoshli Salmon Obidiy — liviyalik muhojirlarning farzandi tomonidan amalga oshirilgan. Politsiyaning fikricha, terakt ortida butun boshli tarmoq harakat qilgan; ketma-ket o‘tkazilgan reydlar natijasida Manchester atrofida 11 nafar gumonlanuvchi, xususan, ehtimoliy terrorchining akasi ham hibsga olingan; uning boshqa bir akasi va otasi Liviya maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olingan.

Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak