Yaroslavl viloyatining Ribinsk shahrida xayr-ehson qiluvchi noma’lum shaxs o‘n yoshli Anton Davidov hisobiga o‘n million rubl o‘tkazdi. Anton Yuing sarkomasiga chalingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur mablag‘lar bolaga Germaniyaga borib davolanish imkoniyatini beradi.
“Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘ida Anton uchun ochilgan guruh bo‘lib, uning hikoyasi hayotiga kutilmaganda saraton xastaligi kirib kelgan boshqa bolalarnikiga o‘xshaydi. U quvnoq bola bo‘lib sport bilan shug‘ullanar edi. 2017-yilning boshida Anton oyog‘idagi og‘riqqa shikoyat qila boshladi, biroq shifokorlar og‘riq sababini aniqlay olmadi. Qisqa vaqt ichida bolaning ahvoli yanada og‘irlashib, u mustaqil harakatlana olmay qoldi.
Tekshiruvlardan so‘ng unda Yuing sarkomasi (qovurg‘a bilan qorin orasidagi suyak saratoni) aniqlandi.
Germaniyada davolanish uchun mablag‘ aprelda yig‘ila boshlandi. Buning uchun 12 millionga yaqin mablag‘ talab etilishi e’lon qilindi.
Izoh (0)