Afinada Gretsiyaning sobiq bosh vaziri Lukas Papadimosga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, sobiq amaldorning avtomobiliga o‘rnatilgan bomba portlab ketgan. Papadimos yaralangan.
Dastlabki ma’lumotga qaraganda, Papadimos bomba yashirilgan papkani ochgan payti portlash ro‘y bergan.
Sobiq bosh vazirdan tashqari haydovchi va yana bir yo‘lovchi yaralangan. Hech kimning hayoti xavf ostida emas.
Lukas Papadimos 2011-yil noyabridan 2012-yil mayiga qadar hukumat rahbari bo‘lgan.
Izoh (0)