Tergovchilar Sankt-Peterburg metropolitenidagi terakt bo‘yicha gumondorlar — qirg‘izistonlik Abror va Akram Azimovlarni terrorchilik va qurol-yarog‘ saqlashda aybdor deb topdi. Bu haqda ularning advokati Dmitriy Dinze bayonot berdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Mening himoyam ostidagilarga 205 (terror) va 222 (qurol-yarog‘ saqlash) moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yildi”, — ma’lum qildi u.
3-aprel kuni Sankt-Peterburg metropoliteni vagonida ro‘y bergan portlash oqibatida 16 kishi, shu jumladan, teraktni amalga oshirgani gumon qilinayotgan shaxs ham halok bo‘ldi. 50 kishi jarohat oldi.
Tergovchilarning fikricha, bombani qirg‘izistonlik xudkush Akbarjon Jalilov portlatgan. Bundan tashqari, uni tayyorlashda gumon qilinayotgan 26 yoshli Abror Azimov Moskva viloyatining Odinsovo tumanida qo‘lga olindi. 19-aprelda uning akasi — Akram Azimov qo‘lga olindi.
Izoh (0)