Braziliyalik jurnalist Diogu Bersitu Manchester aeroportida IShID haqidagi kitobni o‘qib o‘tirganida kontrterror xizmati xodimlari tomonidan qisqa muddat ushlab turilganini aytdi. Bu haqda, Independent nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Jurnalist bu haqda Twitter’dagi sahifasida ham yozdi va kitobning suratini keltirdi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 120 kishi jarohatlangan. Uch kishi teraktda ishtirok etishda gumonlanib hibsga olingan. Shuningdek, asosiy aybdor sifatida asli liviyalik Salmon Obidiy ko‘rsatilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)