Ekvatorial Gvineya OPЕK karteli tarkibiga qo‘shildi. Shu tariqa, u kartelning 15 a’zosiga aylandi, deb xabar beradi “Interfaks”.
A’zolardan biri — Indoneziya 2016-yil noyabridagi oxirgi konferensiya chog‘ida a’zoligini to‘xtatib qo‘ygan edi.
Ekvatorial Gvineya sutkasiga 280 ming barrel neft qazib oladi.
U OPЕKka a’zo bo‘lmagan davlat sifatida neft qazib olish hajmini qisqartirish kelishuvida ishtirok etadi. Uning qisqartirishdagi kvotasi — sutkasiga 12 ming barrel.
Izoh (0)