AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri Garvard universiteti talabalari oldida qilgan chiqishi chog‘ida ularga rus tilini o‘rganishni tavsiya qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Mendan ko‘pincha hukumatga real ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan sirni ochishni so‘rashadi. Yaqinda ko‘p narsa o‘zgardi. Ilgari men saylanadigan mansabga harakat qiling yoki Kennedi nomidagi boshqaruv maktabini o‘rganing degan bo‘lardim. Ammo Oq Uyda bugungi ma’muriyat o‘tirar ekan, boshqa narsa aytaman: Rosetta Stone sotib oling va rus tilini o‘rganing”, — dedi siyosatchi.
Bu bilan hukumatning sobiq a’zosi Donald Tramp ma’muriyati Rossiya bilan aloqalarda ayblanayotganiga ishora qildi.
Izoh (0)