Afg‘onistonning Hilmand viloyatida Milliy xavfsizlik direktorati ofisi joylashgan bino yaqinida ro‘y bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Bu haqda, Tolo News telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga qaraganda, voqea 23-may kuni Vashir tumanida bo‘lib o‘tgan. Boshqa tafsilotlar ma’lum emas.
Izoh (0)