Turkiya hukumati o‘tgan yil iyulidagi muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarishdan buyon butun mamlakat bo‘ylab 147 OAVni yopdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Turkiya omonatlar jamg‘armasi hisobotida aytilishicha, 2017-yil martida hukumat yuzlab kompaniyalarni nazoratga olgan: ularning rahbariyatlari o‘zgartirilgan yoki ular butunlay tugatilgan. Umumiy kapitalizatsiyasi 11,3 milliard dollarga teng 879 kompaniyada jami 45 ming kishi ishlar edi.
Faoliyatini butunlay to‘xtatgan kompaniyalarning 147 tasi OAV edi.
Bundan tashqari, aytilishicha, banklar, OAV va boshqa tashkilotlar nazorat ostiga olinmoqda.
Izoh (0)