Nokia va Apple patent huquqlari buzilishi atrofidagi bahslarni bartaraf etdi va hamkorlik haqida kelishuv imzoladi. Bu haqda fin kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, Nokia Apple’ga tarmoq infrastrukturasining bir necha mahsulot va xizmatini taqdim etdi.
Shuningdek, kompaniyalar salomatlik uchun elektron mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi kooperatsiya uchun imkoniyatlarni ham birgalikda axtaradi.
Kelishuv summasi va tafsilotlari ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)