Filippinning Mindanao orolida joylashgan Malabang shahri politsiyasi rahbari jangarilar tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertening ta’kidlashicha, Malabang shahri politsiyasi rahbari uyga qaytayotgan paytda terrorchilar tomonidan tashkil etilgan o‘tkazish punktida to‘xtatilib, ushlangan va shu joyning o‘zida boshi chopib tashlangan.
Provinsiyada IShIDga sadoqat izhor qilgan “Maute” va “Abu Sayyaf” guruhlari bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Duterte mazkur provinsiyada harbiy holat joriy qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)