Turkiya sudi harbiy to‘ntarish ishi doirasida telekommunikatsiyalar bo‘yicha nazorat idorasining 33 nafar, moliya bozori regulyatorining 36 nafar xodimini hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda, CNN Turk telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, tilga olib o‘tilgan shaxslar muxolif siyosatchi va diniy arbob Fathulloh Gulenning maxfiy tashkiloti a’zolari deya gumon qilinmoqda.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluning axborotiga ko‘ra, 2016-yil iyulidan buyon mazkur ish doirasida 113 ming kishi ushlangan bo‘lib, ularning 47 ming nafari hibsda, 65 ming nafari qo‘yib yuborilgan, yana 41,5 ming kishi esa nazorat ostidadir.
Izoh (0)