IShID terrorchi guruhi Iroq armiyasi va xalq ko‘ngillilari siquvi ostida Mosul shahri markazida joylashgan shtab-kvartirasini 170 kilometr janubroqdagi al-Havija shahriga ko‘chirdi. Bu haqda, Kirkuk viloyatidagi manbalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kirkuk sharqidagi al-Havija shahri 2014-yildan buyon IShID qo‘lidadir. U viloyat markazi — Kirkuk shahridan 55 kilometr g‘arbroqda joylashgan.
Aytilishicha, guruhning barcha yetakchilari shu shaharga o‘rnashib olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)