Suriyaning Idlib viloyatida “Ahror ash-Shom” ekstremistik guruhi shtab-kvartirasi yaqinida ikkita portlash amalga oshirildi. Terakt oqibatida 40 nafar jangari halok bo‘ldi, 150 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, voqea viloyat sharqidagi Tall-Tovkan aholi yashash punktida yuz bergan. Xudkush terrorchi binoga kirib, “Ahror ash-Shom” yig‘ilishi chog‘ida egnidagi bombani portlatgan. Yana bitta bomba shtab-kvartira oldida portlatilgan.
Bino ichida bo‘lgan barcha jangarilar halok bo‘lgan. Ular orasida “Ahror ash-Shom”ning Abu Ammor laqabli harbiy rahbari Ali ham bor edi.
Ayni paytda biror terrorchi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)