AQSh prezidenti Donald Tramp Iordaniya qiroli Abdulla II bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Suriyadagi vaziyatni muhokama etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Ikki mamlakat yetakchilari Suriyadagi inqirozni to‘xtatish bo‘yicha harakatlarni muhokama qildi. Zo‘ravonliklarga chek qo‘yish va mojaroni bartaraf etishga imkon beradigan sharoitlar yaratish zarurligi xususida yakdil fikrga keldi. Prezident Iordaniyaning IShIDga qarshi kurashga qo‘shayotgan salmoqli hissasi uchun qirolga minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi Oq uy tomonidan tarqatilgan bayonotda.
Tramp, shuningdek, Abdulla II bilan davlat rahbari lavozimidagi birinchi xorijiy turnesi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. AQSh prezidenti o‘zining ilk tashriflarini Saudiya Arabistoni, Isroil va Italiyadan boshlashi bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)