Afg‘oniston sharqida joylashgan Jalolobod shahrida RTA davlat teleradiokompaniyasi binosiga qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda Tolo News ma’lum qildi.
Noma’lum shaxslar Toshkent vaqti bilan 12:30 da hujum boshlagan. Hozirda ular va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Guvohlarga ko‘ra, o‘q ovozlari eshitilib turibdi.
Teleradiokompaniya yonida Nangarxar viloyati gubernatori uyi joylashgan.
Yuz bergan hodisa uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmadi.
Izoh (0)