Parijda Fransiyaning yangi hukumati tarkibi e’lon qilindi. Vazirlar ro‘yxatini Yelisey saroyi bosh kotibi Aleksi Koler o‘qib berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Yangi vazirlar mahkamasiga 22 kishi — 18 vazir va to‘rt davlat kotibi, 11 erkak va 11 ayol kirdi. Ulardan uch nafari maxsus davlat vaziri maqomiga ega bo‘ldi. Bular: Lion meri, Sotsialistik partiyaning eng nufuzli siyosatchilaridan biri, ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Jerar Kolon; “Yashillar”ning ko‘p yillik yetakchisi, ekologik o‘tish vaziri Nikolya Yuro; “Demokratik harakat” yetakchisi, adliya vaziri Fransua Bayru.
Eski hukumat vakillaridan faqat sobiq prezident Fransua Ollandning eng yaqin safdoshlaridan biri Jan-Iv Le Drian vazirlar mahkamasi tarkibida qoldi. 2012–2017-yillarda u mudofaa vaziri sifatida faoliyat yuritgan edi. Yangi mahkamada unga Yevropa va tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi.
Izoh (0)