Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Tinch okeanidagi odam yashamaydigan Xenderson kichik oroli sayyoradagi eng ifloslangan joy deb topildi. Bu haqda “RIA Novosti” AQSh Milliy fanlar akademiyasiga tayanib xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Tasmaniya universiteti va Buyuk Britaniya Qushlarni himoya qilish qirollik jamiyati bilan birgalikda tayyorlangan ma’ruzaga ko‘ra, Yangi Zelandiya va Lotin Amerikasi qirg‘oqlari oralig‘ida joylashgan Xenderson orolida bir kvadrat metrga to‘g‘ri keladigan axlat zichligi eng yuqori bo‘lib chiqqan. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, ifloslanish zichligi har bir kvadrat metr uchun 671 ta obyektni tashkil qiladi. Orolning maydoni 4,3 gektarga teng.

Tadqiqotchilar aniqlashicha, orolga tushib qolgan obyektlarning umumiy soni 37,7 milliontani tashkil etadi, axlatning umumiy og‘irligi 17,6 tonnaga teng. Shu bilan birga, 10 metr kenglikdagi plyajga har kuni o‘rtacha 27 ta yangi obyekt kelib qoladi.

Ma’ruza mualliflari qayd etishicha, ushbu vaziyatga o‘tgan asrning ikkinchi yarmida plastik ishlab chiqarish keskin o‘sgani sababchi bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi