BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish iyun oyida Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi. Bu haqda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Ashxobod shahridagi Mintaqaviy markazi rahbari va BMT bosh kotibining maxsus vakili Petko Draganov ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.
“Iyunning birinchi yarmida yaqinda saylangan yangi bosh kotib Antoniu Guterrish Markaziy Osiyoga ham tashrif buyuradi”, — dedi Draganov.
“Bu BMT rahbariyati tomonidan mintaqaga qaratilayotgan katta e’tibor hamda mavjud muammolarni hal etishda yordam berishga shaylik haqida guvohlik beradi”, — dedi u.
Izoh (0)