Gonkongdagi hukumat auksionida dunyodagi eng qimmatbaho yer maydoni sotildi, xaridor u uchun 3 milliard dollar to‘ladi, deb yozadi South China Morning Post.
Gonkongning qoq markazidagi yer maydonini dunyodagi eng badavlat kishilardan biri Li Shaukiga tegishli bo‘lgan Henderson Land Development kompaniyasi sotib oldi. Xarid huquqi uchun yana sakkizta kompaniya kurash olib bordi, ular orasida Xitoy Xalq Respublikasi vakillari ham bor edi.
Henderson Land Development yerning har bir kvadrat futi (0,09 kvadrat metri) uchun 6460 dollar to‘ladi. Yerning yakuniy qiymati 3 milliard dollarni tashkil etdi, ekspertlar esa uni 2,8 milliard dollarga baholagan edi.
Yer maydonini ayni paytda besh qavatli avtomobillar turargohi band etgan. Henderson Land Development uni 2022-yilgacha buzib, o‘rniga ofisli bino qurishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)