• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda 200 ga yaqin kishi muzqaymoqdan zaharlandi. Asosiy ma’lumotlar

    Davomi: “Shahrixondagi epidemik vaziyat barqarorlashtirildi”. FVV va SSV muzqaymoqdan zaharlanish hodisasi yuzasidan rasmiy axborot berdi

    Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 15-may kuni kamida 186 kishi bir xil simptomlar bilan tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Suhbatlar vaqtida bemorlarning barchasi 14-may kuni tuman markazidagi qahvaxonada muzqaymoq iste’mol qilganini ma’lum qilgan.

    Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hodisa oqibatida halok bo‘lganlar borligi haqidagi xabarlarni rad etdi. 15-may kuni ertalab 120 kishi, kun oxirigacha qadar esa jami 186 kishi tinimsiz ich ketish, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, umumiy holsizlik kabi kasallik belgilaridan shikoyat qilib, kasalxonalarga murojaat qilgan. Bemorlarning barchasi tuman tibbiyot birlashmasining turli bo‘limlariga joylashtirilgan.

    Ayni vaqtda, 15-may kuni kasalxonaga murojaat qilganlarning 5 nafari reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgani, keyinchalik — vaziyat yaxshi tomonga o‘zgargani sabab, ular umumiy palataga o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, 81 kishi ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun uyiga qaytarilgan. Qolgan bemorlarning ahvoli yengil ekani aytilmoqda.

    Bemorlarning barchasi 14-may kuni Shahrixon markazida frezerli muzqaymoq iste’mol qilganini aytgan. “Kun.uz”ning Andijondagi manbasi bergan axborotga ko‘ra, Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Maks” qahvaxonasida muzqaymoq sotish bilan shug‘ullanib kelgan yakka turdagi tadbirkor “o‘zi yashaydigan uyda noqonuniy ravishda muzqaymoq uchun qorishma tayyorlab kelgan”, muzqaymoq qorishmalari “oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda bo‘lishga mo‘ljallanmagan plastmassa idishlar”da saqlangan. Shuningdek, nomi ko‘rsatilgan qahvaxonada muzqaymoq sotish uchun hech qanday ruxsatnoma olinmagan.

    Hodisa sabab O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya shifokori va boshqa mas’ullar Shahrixonga yetib borgan. Vaziyatni joylarga kelib o‘rganish uchun sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh davlat sanitariya shifokori Saidmurod Saidaliyev, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyev, Epidemologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar tekshirish instituti direktori A.Abdushukurov va boshqa yetakchi mutaxassislar Shahrixonga zudlik bilan yetib kelgan. Shahardagi barcha muzqaymoq sotuvchilar taftish qilingan. Ayni vaqtda tekshiruvlar davom etmoqda.

    17.05.2017, 10:37   Izoh (0)   161635
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi boshlandi

    17.05.2017, 10:23

    Ahadbek Haydarov Moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

    17.05.2017, 10:06

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” Dreamliner’da Toshkent—Riga—Nyu-York—Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshiradi

    17.05.2017, 07:30

    O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Peugeot va Citroen, 3800 so‘mga yaqinlashgan dollar, Qiwi’dan Uzcard’ga pul o‘tkazish imkoni va kunning boshqa muhim xabarlari

    16.05.2017, 21:40

    Toshkentda mehmonxonani ishratxonaga aylantirgan qorovul qo‘lga olindi

    16.05.2017, 19:11

    O‘zbekiston va Pokiston Prezidentlari bir-birini tabrikladi

    16.05.2017, 18:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 09:30

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30

    AQSHda migrantlarni joylashtirish uchun chodir shaharlar quriladi

    Dunyo | 20 iyul, 08:10

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.