O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Haydarov Ahadbek Yahyobekovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ahadbek Haydarov ijtimoiy soha, ilm-fan, boshqaruv organlarini moliyalashtirish masalalarini va Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini nazorat qiladi.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Ahadbek Haydarov “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)