Toshkentdagi “Xadra” mehmonxonasi qorovuli mehmonxona nomerini ishratxonaga aylantirgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, “Xadra” mehmonxonasi qorovuli “oshiq-ma’shuqlar”ga xonani 30 ming so‘mga ijaraga bergan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mehmonxona xodimi va sharmandali holatdagi yigit-qiz qo‘lga olindi.
Izoh (0)