Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk 16-may, seshanba kuni infarktoldi holatida Kiyevdagi kasalxonalardan biriga yotqizildi va yurak bilan bog‘liq murakkab operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Kasalxonaga keltirilganda infarktoldi holati qayd etilgandi. Kiyevdagi yurak institutida uchta koronar arteriya ochildi. Hozir hammasi yaxshi, u palatada”, — deya ma’lum qildi Kravchuk atrofidagi manba.
Ma’lum bo‘lishicha, Ukrainaning sobiq rahbari yuragiga kasalxonada jami 4 ta stent o‘rnatilgan.
Izoh (0)