Ispaniya La ligasining 37-tur bellashuvlariga yakun yasaldi va unda ikki peshqadam bir xil hisobdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.
Bunda “Qirollik klubi” markaziy o‘yin maqomidagi bellashuvda harakat qildi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Sevilya”ni 4:1 hisobida taslim qildi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu kuni Zidan asosiy hujumchi sifatida Alvaro Morataga e’tibor qaratdi.
“Barselona” futbolchilari esa “Las-Palmas” maydonidan 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishni uddaladi. Uchrashuvda Neymar xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
“Barselona” futbolchilari “Real” xatosini kutishda davom etadi. 17-may kuni Madrid klubi Vigoda “Selta” mehmoni bo‘ladi. So‘nggi tur esa 21-may kuni Malagada o‘tadi. Mana shu uchrashuvlardan “Real” kamida 4 ochkoni qo‘lga kiritsa, chempionlikka erishadi. Bitta o‘yin boy berilsa va Kataloniya klubi so‘nggi turda “Eybar”ni taslim qilsa, chempionlik “Barselona”ga ketadi.
Ispaniya La ligasi 37-tur bellashuvlari 13-may, shanba
“Espanyol” — “Valensiya” 0:1
Gol: Xose Luis Gayya, 75 (0:1).“Alaves” — “Selta” 3:1
Gollar: Manu Garsiya, 5 (1:0). Zuair Feddal, 18 (2:0). Deyverson, 37 (3:0). Yago Aspas, 78-pen (3:1).“Osasuna” — “Granada” 2:1
Gollar: Jon Mondragon, 24 (1:0). Adrian Ramos, 41 (1:1). Kenan, 75 (2:1).14-may, yakshanba
Izoh (0)