Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 10-turida eng ko‘p muxlis “Navbahor” — “Qo‘qon—1912” bellashuviga tashrif buyurdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Bu 2017-yilgi mavsum hisobidan rekord ko‘rsatkichdir.
Toshkent klublari esa va nihoyat so‘nggi o‘rinda bo‘laverish tamg‘asidan qutulib qoldi. Jumladan, rahbariyati o‘zgargan “Paxtakor”ning “Buxoro”ga qarshi uchrashuvini tomosha qilish uchun 5.650 nafar ishqiboz tashrif buyurdi. “Lokomotiv” — “Qizilqum” uchrashuvini esa 1.155 nafar muxlis stadiondan kuzatib bordi.
10-turdagi eng yomon natija Farg‘onada qayd etildi. So‘nggi o‘rinda borayotgan “Obod”ni qabul qilgan “Neftchi”ning uy uchrashuvini 758 muxlis stadionda kuzatgan. Bunda uchrashuv nazoratchisi ishqibozlarni qo‘lbola ko‘rinishida sanab chiqqan bo‘lishi katta ehtimol.
Ma’lumot uchun, “Navbahor” ketma-ket ikkinchi bor turdagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda.
Izoh (0)