Mirjalol Qosimov boshqaruvida “Bunyodkor” birinchi rasmiy o‘yinini bugun — 12-may kuni G‘uzorda “Sho‘rtan”ga qarshi o‘tkazadi.
Bunga qadar G‘uzorda mehmon bo‘lgan Toshkent klublaridan “Lokomotiv” 0:2, “Paxtakor” esa 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
“Bunyodkor” esa Sergey Lushchan boshqaruvida 8 ta o‘yinning 2 tasida zafar quchdi va shunchasida mag‘lub bo‘ldi, 4 ta o‘yinda durang o‘ynadi. Natijada “qaldirg‘ochlar” Oliy liga turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”ning yangi bosh murabbiyi sifatida 5-may kuni tanishtirilgan bo‘lsa-da, u klubni Osiyo Chempionlar ligasining 9-may kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi tur o‘yinidan keyin shug‘ullantirishni boshladi.
“Metallurg” — “So‘g‘diyona”“Neftchi” — “Obod”“Navbahor” — “Qo‘qon—1912”“Sho‘rtan” — “Bunyodkor”“Paxtakor” — “Buxoro”
13-may, shanba“Dinamo” — “Nasaf”“Lokomotiv” — “Qizilqum”“Mash’al” — “Olmaliq”
Qosimov futbolchilar bilan ilk mashg‘ulotini 10-may kuni o‘tkazdi. “Championat.asia” nashri undan foto va videoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)