Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining 2017-yilgi mavsumida o‘z tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi — 6 ta o‘yin va 5 ta mag‘lubiyat.

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Sergey Lushchan bilan “qaldirg‘ochlar” ketma-ket to‘rt o‘yinda mag‘lub bo‘lib, 4-turdan keyinoq navbatdagi bosqichga chiqish imkoniyatini yo‘qotgandi. 5-turdagi g‘alaba hech qanday ahamiyat kasb etmadi.

So‘nggi turda “Bunyodkor”ni sobiq murabbiy Sergey Lushchan ham, amaldagisi Mirjalol Qosimov ham Amirliklarga olib bormadi. Viktor Karpenko va Xayrulla Karimov bilan safarga otlangan Toshkent klubi mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi — 0:3.

Shu tariqa “Bunyodkor” xalqaro maydondagi ishtirokini yakunladi. 10-maydan e’tiboran futbolchilarni Mirjalol Qosimov shug‘ullantirishni boshlaydi.

Bugun — 9-may kuni “Lokomotiv” guruh bosqichining so‘nggi turini o‘tkazadi. Toshkent vaqti bilan 20:50 da boshlanadigan o‘yindagi g‘alabagina “temiryo‘lchilar”ni navbatdagi bosqichga olib chiqishi mumkin. Qolgan har qanday natija poytaxtning bu klubini ham turnirdan chiqarib yuboradi.

Osiyo Chempionlar ligasi “C” guruhi. 6-tur 8-may, dushanba

“Al-Ayn” — “Bunyodkor” 3:0

Gollar: Nosir Ash-Shamroniy, 34 (1:0). Umar Abdulrahmon, 77 (2:0). Ibrohim Diaki, 90 (3:0).

“Al-Ahli” (Saudiya) — “Zob Ohan” (Eron) 2:0

Gollar: Asiriy, 63 (1:0). Kurdiy, 84 (2:0).

Foto: OFK

Foto: OFK

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ