Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yakun yasaldi. Unga ko‘ra, shu bosqichda ishtirok etgan 32 klubning teng yarmi nimchorak finalga yo‘llanma oldi.
O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” va mamlakat vitse-chempioni “Bunyodkor” guruh bosqichini so‘nggi o‘rinda yakunlab, 2017-yil hisobidan xalqaro maydondagi ishtirokini may oyining o‘zidayoq tugatib qo‘ya qoldi.
Bu G‘arbiy mintaqa mamlakatlari orasida eng yomon natija bo‘ldi. Eronning 3 ta, Saudiya va BAAning 2 tadan, Qatarning esa 1 ta klubi pley-offga yo‘llanma olgandi. O‘zbekistondan esa hech kim yo‘q.
G‘arbiy mintaqa
Eron — 75 foizGuruhdan chiqqan: “Istiqlol”, “Istiqlol Xuziston”, “Persepolis”Qolib ketgan: “Zob Ohan”BAA — 50 foizGuruhdan chiqqan: “Al-Ayn”, “Al-Ahli”Qolib ketgan: “Al-Vahda”, “Al-Jazira”
Saudiya — 50 foizGuruhdan chiqqan: “Al-Ahli”, “Al Hilol”Qolib ketgan: “At-Taavun”, “Al-Fotih”
Qatar — 50 foizGuruhdan chiqqan: “Lahviya”Qolib ketgan: “Ar-Rayyan”
O‘zbekiston — 0 foizGuruhdan chiqqan: —Qolib ketgan: “Lokomotiv”, “Bunyodkor”
Sharqiy mintaqa
Xitoy — 100 foizGuruhdan chiqqan: “Guanchjou Evergrand”, “Jiangsu Suning”, “Shanxay SIPG”Qolib ketgan: —Tailand — 100 foizGuruhdan chiqqan: “Muangtong Yunayted”Qolib ketgan: —
Yaponiya — 75 foizGuruhdan chiqqan: “Kavasaki Frontale”, “Kashima Antlers”, “Urava Red”Qolib ketgan: “Gamba Osaka”
Janubiy Koreya — 25 foizGuruhdan chiqqan: “Jeju Yunayted”Qolib ketgan: “Suvon Samsung”, “Seul”, “Ulsan Xyunday”
Avstraliya — 0 foizGuruhdan chiqqan: —Qolib ketgan: “Brisben Roar”, “Vestern Sidney”, “Adelaida Yunayted”
Gonkong — 0 foizGuruhdan chiqqan: —Qolib ketgan: “Istrn”
Chempionlar ligasi reglamentiga ko‘ra, jamoalarning muvaffaqiyatsiz ishtiroki shu mamlakat kvotalariga ta’sir ko‘rsatadi. 2015 va 2016-yil O‘zbekistonga 3+1 kvotasi berilgan bo‘lsa, 2017 va 2018-yil uchun bu ko‘rsatkich 1+2 ga qadar qisqarib ketgandi.
Izoh (0)