Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya La ligasining 36-turida ikki peshqadam yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Barselona” o‘z maydonida 4:1 hisobida zafar quchdi. Bunda Lionel Messi dubl qayd etib, mavsum davomida urgan gollari sonini 35 taga yetkazib oldi. Bu borada u 27 ta gol urgan jamoadoshi Suaresdan 8 taga o‘zib ketdi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushgandi. 20 ta gol bilan La liga to‘purarlari orasida uchinchi bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu 26 ta uchrashuv o‘tkazgan.

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan bu turda ham Ronalduni ayashga qaror qildi va uni maydonga tushirmadi. Asosiy tarkibga munosib ekanini isbotlashga urinayotgan Xames Rodriges hamda Alvaro Morata esa dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Real”ning asosiy hujumchisi Karim Benzema joriy mavsum 21 ta o‘yinda 9 ta gol urishga erishdi. Ko‘pincha zaxirada qoladigan Alvaro Morata esa 13 ta bellashuvda 15 ta gol urdi.

Ispaniya La ligasi 36-tur o‘yinlari 5-may, juma

“Sevilya” — “Real Sosyedad” 1:1

Gollar: Pablo Sarabiya, 41 (1:0). Karlos Vela, 61 (1:1).Chetlatish: David Surutusa, 79 (R).

6-may, shanba

“Sporting” — “Las-Palmas” 1:0

Gol: Karlos Karmona, 67 (1:0).

“Atletiko” — “Eybar” 1:0

Gol: Saul, 69 (1:0).Chetlatish: Diyego Godin, 90+2 (A).

“Barselona” — “Vilyarreal” 4:1

Gollar: Neymar, 21 (1:0). Sedrik Bakambyu, 32 (1:1). Lionel Messi, 45 (2:1). Luis Suares, 69 (3:1). Lionel Messi, 82-pen (4:1).

“Granada” — “Real Madrid” 0:4

Gollar: Xames Rodriges, 3 (0:1). Xames Rodriges, 11 (0:2). Alvaro Morata, 30 (0:3). Alvaro Morata, 35 (0:4).

jadval

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi 
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda