Germaniya konstitutsiyani himoya qilish bo‘yicha federal idorasi (kontrrazvedka) rahbari Xans-Georg Maasenning fikricha, Rossiya Germaniyadagi parlament saylovi jarayoniga aralashishi mumkin. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
2015-yili Kreml bilan bog‘liqligi taxmin qilinayotgan APT28 guruhi Bundestag serverlariga xakerlik hujumi uyushtirib, ko‘p miqdorda ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan edi. Maasenning ta’kidlashicha, bu ma’lumotlardan qanday foydalanish Kremlda hal qilinadi.
“Aks tomon dezinformatsiyada asqatadigan ma’lumotlarni to‘plashga urinadi”, — dedi u Potsdamdagi konferensiya chog‘ida.
“Bunday qilish yoki qilmaslik — siyosiy qaror bo‘lib, taxminimcha, u Kremlda qabul qilinadi”, — qo‘shimcha qildi kontrrazvedkachi.
Ilgariroq idora 2017-yili o‘tadigan parlament saylovlari paytida kiberhujumlar amalga oshirilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Izoh (0)