Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ortiqcha vaznidan xalos bo‘la olmagan o‘n nafar politsiyachini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda qaror ozish kampaniyasining oraliq natijalaridan so‘ng qabul qilindi, deb xabar berdi TJournal.
Tojik politsiyachilari orasida tarqatilgan normativ yo‘riqnomaga ko‘ra, 168—170 santimetr bo‘yga ega politsiya xizmatchisining vazni 81 kilogrammdan oshmasligi kerak. 180 santimetr bo‘y uchun vazn 88 kilogramm atrofida bo‘lishi lozim.
Politsiyachilar orasida semirishga qarshi kurashish qarori 2017-yilning yanvarida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan qabul qilingan edi. Vazirlik qarorini amalga oshishini nazorat qilish uchun maxsus komissiya ham tuzilgan.
Izoh (0)