Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Suriyada to‘rtta xavfsizlik hududi tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralar davomida ma’lum qilgan. U oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda mazkur tashabbusni muhokama qilgan edi.

Putinga ko‘ra, mazkur hududlarning paydo bo‘lishi Suriyada qon to‘kilishiga barham beradi va siyosiy muloqot tiklanishiga olib keladi. Ularni tuzish haqidagi memorandum Ostona muzokaralarining yangi raundi davomida imzolanishi mumkin. 

Xavfsizlik hududlarini Idlib viloyatida, Xomsdan shimolda, sharqiy Guta va Suriya janubida tashkil etish taklif etilmoqda. Ularning ichkarisida qurol ishlatish taqiqlanadi, gumanitar tashkilotlar faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratiladi, ijtimoiy infrasturkturani tiklash bo‘yicha choralar ko‘riladi. 

Xavfsizlik hududlarining tashkil etilishi rasmiy idoralar ishini tiklash va qochoqlar qaytishi uchun sharoit yaratish imkonini beradi. Ularda xorijiy harbiy kontingentlar joylashtirilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Fevralda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
Mahalliy
“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” bosh hisobchi o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Sport
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Shomurodovning goli evaziga Boliviyani mag‘lub etdi