O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni 6-may, shanba dam olish kunini 8-may, dushanbaga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“2017-yil 6-may, shanba dam olish kuni 2017-yil 8-may, dushanba kuniga ko‘chirilsin va ish kuni deb hisoblansin, 2017-yil 8-may, dushanba kuni dam olish kuni deb e’lon qilinsin”, — deyiladi qaror matnida.
Qaror “9 may — Xotira va qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-ma’naviy o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida” qabul qilingan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)