Turkiya va Hindiston o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechish va buning o‘rniga milliy valyutalardan foydalanish imkoniyatini muhokama qilishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Hindistonga tashrifi doirasida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan Turkiya—Hindiston biznes forumida ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
“Eksport va import operatsiyalari milliy valyutalarda amalga oshirilishi mumkin. Bu valyuta kurslari o‘ynashining salbiy ta’sirlarini kamaytiradi”, — dedi Erdo‘g‘on.
Uning so‘zlariga ko‘ra, savdoda turk lirasi va hind rupiyasiga o‘tish ikki mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Prezidentning fikricha, Turkiya va Hindiston o‘zaro savdo hamkorligi salohiyatidan to‘liq foydalanmayapti.
“Atom energetikasi sohasi Turkiya va Hindiston hamkorligining yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkin”, — deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)