Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida eng kam ish haqi miqdori bir yo‘la 60 foizga oshirilishini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
1-maydan boshlab ish haqining eng kam miqdori 40 ming bolivar o‘rniga 65 ming bolivarni tashkil etadi. Asosiy mahsulotlarni xarid qilish uchun ajratiladigan 135 ming bolivar bilan birga uning miqdori 200 ming bolivarga yetadi.
Shuningdek, pensionerlar uchun ilk bor 19,5 ming bolivar miqdoridagi qo‘shimcha to‘lovlar joriy etiladi.
Minimal ish haqining oshishi joriy yil mobaynida uchinchi bor amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, pul qadrsizlanishining yuqori sur’atlari saqlanib qolmoqda.
Ma’lumot uchun, “qora bozor” kursi bo‘yicha mamlakatdagi eng kam ish haqi miqdori barcha to‘lovlar bilan birga taxminan 47 dollarni tashkil etmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)